Madagaskar Oliy sudi armiya polkovnigi Maykl Randrianirinani hokimiyatni egallab olish ortidan prezidentlik lavozimini egallashga chaqirdi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Madagaskar Oliy sudi seshanba kuni "Z avlodi" namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida isyon uyushtirganidan so‘ng hokimiyatni egallab olgan armiya qo‘mondoni, polkovnik Maykl Randrianirinani mamlakatning yangi prezidenti lavozimini egallashga chaqirdi", — deyiladi xabarda.
Oliy sud, shuningdek, Randrianirinani 60 kun ichida yangi saylovlar tashkil etishga chaqirdi.
Avvalroq, harbiylar boshlig‘i, polkovnik Maykl Randrianirina ommaviy nutqi chog‘ida yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar ikki yil davom etadigan o‘tish davri boshlanganini e’lon qilgan edi.