Fransiya bosh vaziri pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirishni nazarda tutgan pensiya islohotini 2027 yilgacha to‘xtatib turishni rejalashtirmoqda — BFMTV .
Telekanal manbalariga ko‘ra, bu tashabbus bosh vazir Sebastyen Lekornyuning pensiya masalalari bo‘yicha ishchi guruh bilan ikki soatdan ortiq davom etgan muzokaralari natijasida yuzaga keldi.
"Islohotni vaqtincha to‘xtatish qarori hukumatga qarshi navbatdagi ishonchsizlik votumining oldini olishga qaratilgan. Chunki o‘ng va so‘l muxolifat kuchlari Fransiyada pensiya islohoti o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatmoqda. Agar hukumat pensiya yoshini oshirishni taklif qilsa, muxolif duputatlar birgalikda yana ishonchsizlik votumi uchun ovoz berishi mumkin", deyiladi BFMTV xabarida.