Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Yirik hajmdagi uskunalar mahalliylashtirilib, 12,9 mln dollar tejaldi

Yirik hajmdagi uskunalar mahalliylashtirilib, 12,9 mln dollar tejaldi

Yurtimizda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni joriy qilish, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va ichki bozorning raqobatbardoshligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, O‘zbekistonda birinchi marta “O‘zbekkimyomash” zavodida xalqaro standartlarga mos adsorberlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu qurilma zavodlarda tabiiy gazni tozalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ilk mahsulot Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga yetkazib berildi. Loyiha mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu nafaqat ichki talabni toplashga, balki eksport imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Adsorber – tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalashda ishlatiladi. Ular diametri 3 metr, devorining qalinligi 100 mm va uzunligi 19 metr bo‘lgan ulkan kolonna bo‘lib, 63 atmosfera bosimiga bardosh beradi. Ushbu gigant qurilmaning vazni 147 tonnani tashkil qiladi va u 09G2S-12 GOST 5520-17 standartiga muvofiq yuqori sifatli po‘latdan tayyorlanmoqda.

Adsorbsiya jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:

Adsorbsiya: gazni tozalash.

Regenerasiya: tozalovchi moddalarni qayta tiklash.

Sovutish: qurilmani keyingi siklga tayyorlash.

Mahalliy ishlab chiqarilgan adsorberlar tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalarini tozalash samaradorligi va xizmat qilish muddati yuqori bo‘lib, yana 8 ta qurilma Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga yetkazib beriladi.

Adsorberlar oldin xorijdan olib kelingan bo‘lib, mahalliylashtirish dasturi doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi ularning tannarxini ikki barobar arzonlashtirish imkonini berdi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, ushbu mahalliylashtirish dasturi doirasida “O‘zbekkimyomash” zavodida 1200 nafardan ortiq malakali mutaxassislar ish bilan ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: Zavod yiliga 20 taga yaqin adsorber ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu nafaqat ichki talabni to‘liq qondirish, balki eksportni kengaytirish orqali mamlakatimizning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga, yurtimizda sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyotni mustahkamlash va texnologik mustaqillikka erishishda muhim qadam bo‘lib hizmat qiladi.

Kiritildi: 16:23 14.10.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!