Venesuela prezidenti Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Mariya Korina Machadoni "jodugar" deb atadi
Nikolas Maduro Amerika tubjoy xalqlarining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda yaqinda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan venesuelalik muxolif siyosatchi Mariya Korina Machado haqida fikr bildirdi.
"Aholining to‘qson foizi Sayona jodugarini (Venesuela afsonalarida tilga olinadigan, faqat nikohdan tashqari ishqiy munosabatlarda bo‘ladigan erkaklarga ko‘rinuvchi qasoskor jodugar) rad etadi. Biz tinchlikni xohlaymiz va bizda tinchlik bo‘ladi ham. Lekin bu erkinlik, suverenitet, mustaqillik va tenglik bilan bo‘lgan tinchlikdir. G‘azodagi kabi vayronalar yoki o‘lim keltiruvchi tinchlik emas. Biz Qo‘shma Shtatlarning qullariga aylanishni istamaymiz", – dedi Nikolas Maduro.