Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya fuqarolar uchun birinchi yer osti bunkerini qurilmoqchi

Janubiy Koreya fuqarolar uchun birinchi yer osti bunkerini qurilmoqchi

Bu haqda The Korea Herald xabar bermoqda.

"Mamlakat poytaxtida fuqarolarni yadroviy zarbadan himoyalashga mo‘ljallangan birinchi yer osti bunkeri 2028 yilda qurib bitkaziladi. Bunker Seuldagi turarjoy majmuasining yer osti qismida joylashtiriladi", deya yozmoqda nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunkerning maydoni 2,1 ming kvadrat metr atrofida bo‘lib, 1 020 nafargacha odamni sig‘dira oladi.

Bunker ventilyasiya, suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlariga ega. Odamlar u yerda ikki haftagacha qolishlari mumkin. Tinchlik paytlarida bu joy fitnes markazi vazifasini bajarishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:42 14.10.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!