AQSh prezidenti kecha Misrdagi tinchlik sammiti chog‘ida yanglishib, shunday dedi. Bunga javoban Karni Trampning oldiga borib, “meni prezidentlikka ko‘targaningiz uchun rahmat”, deya hazil qildi. Tramp esa “har qalay “gubernator” demadim-ku” deb javob qaytardi.
Bundan tashqari, u Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan haqida so‘rash uchun “vatandosh” so‘zini ishlatdi.
“Sizning vatandoshingiz qani”, dedi Tramp Aliyevga. U esa biroz naridagi Pashinyanni ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Misrda AQSH, Misr, Qatar va Turkiya yetakchilari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy kelishuvni imzolagan edi.