Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Men Oq uyda Tramp singari tez va qat’iyat bilan tinchlik o‘rnata oladigan hech kimni ko‘rmaganman – Binyamin Netanyahu

 Men Oq uyda Tramp singari tez va qat’iyat bilan tinchlik o‘rnata oladigan hech kimni ko‘rmaganman – Binyamin Netanyahu

Isroil bosh vaziri bu fikrni Knessetdagi nutqida bildirdi.

Netanyahuning boshqa bayonotlari:

▪️Donald Tramp Isroilning Oq uydagi eng yaqin do‘sti bo‘ldi;

▪️Biz Trampga chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olgani va BMTda Isroilga nisbatan “yolg‘onlarga” qarshi turgani uchun tashakkur aytamiz;

▪️Eron bilan tuzilgan “halokatli” yadro kelishuvidan chiqqani uchun Trampga rahmat;

▪️Trampning nomi bizning tariximizga va insoniyat tarixiga yoziladi;

▪️Isroil HAMAS va Eronning “terrorchilik o‘qiga” qarshi ajoyib g‘alabalarga erishdi.

Kiritildi: 19:35 13.10.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!