Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azodagi urush tugaganidan hamma baxtli — Donald Tramp

G‘azodagi urush tugaganidan hamma baxtli — Donald Tramp

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tinchlikka erishilganidan yahudiylar ham, musulmonlar ham, arab davlatlari ham xursand bo‘lgan.

Jurnalistning "Tomonlar sulhga rioya qiladimi?", degan savoliga Tramp bunga ishonishini aytdi.

Prezident keyingi bosqichda nimalar bo‘lishi, xususan, xavfsizlikni qanday ta’minlash va G‘azoni qanday boshqarish masalalariga oid jiddiy savollarga javob berishdan bosh tortdi.

O‘zining 20 banddan iborat rejasida tasvirlangan, ammo tomonlar hali kelishmagan ko‘p millatli kuchlar ishtiroki haqidagi savolga Tramp: "Bu katta va qudratli kuch bo‘ladi. Umid qilamanki, mazkur qo‘shinni qo‘llashga to‘g‘ri kelmaydi chunki odamlar o‘zini yaxshi tutadi, hamma o‘z o‘rnini biladi" — deb javob berdi.

Qo‘shma Shtatlar yetakchisi, shuningdek, G‘azoni boshqarish uchun mo‘ljallangan o‘zining “Tinchlik kengashi” tezda tuzilishini aytdi.

Kiritildi: 18:48 13.10.2025. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!