Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Seul yadroviy tahdidlardan himoyalanish uchun birinchi fuqarolik bunkerini qurishni rejalashtirmoqda

Seul yadroviy tahdidlardan himoyalanish uchun birinchi fuqarolik bunkerini qurishni rejalashtirmoqda

Seul hukumati Janubiy Koreya poytaxtida 2028 yilgacha yadroviy hujumga dosh bera oladigan birinchi fuqarolik bomba boshpanasi qurishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligi xabar berishicha, loyiha Shimoliy Koreyadan yadroviy tahdidlar kuchayayotgan bir paytda mahalliy hokimiyat tashabbusi bilan boshlangan.

Shahar hukumati vakili boshpana jamoat turar-joy majmuasi ostida qurilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. "Seul hukumati va Seoul Housing and Communities Corp yadroviy, biologik yoki kimyoviy hujumlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan 999 xonadon uchun bomba boshpanasi quradi", dedi u.

Boshpana 2147 kvadrat metr maydonni egallaydi, bir vaqtning o‘zida 1020 kishini qabul qila oladi va 14 kun davomida avtonom yashashni ta’minlaydi.

Avvalroq, Pxenyandagi harbiy paradda Shimoliy Koreya yadro kallaklarini olib yurish va Janubiy Koreya va AQShdagi nishonlarga zarba berishga qodir bo‘lgan so‘nggi qit’alararo ballistik raketasini namoyish qilgan edi.

Hozirda Janubiy Koreyada 19 000 ga yaqin bomba boshpanalari mavjud bo‘lib, ulardan 3200 dan ortig‘i Seulda joylashgan. Biroq, ularning aksariyati yadroviy, kimyoviy yoki biologik hujumlardan himoyalanish uchun mo‘ljallanmagan, balki metro, yer osti garajlari va turar-joy va tijorat binolarining yerto‘lalarida joylashgan.

Kiritildi: 13:36 13.10.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!