Falastinning XAMAS harakati G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida ozod qilishni rejalashtirayotgan 20 nafar tirik isroillik garovga olinganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida asli ukrainalik Maksim Xarkin ham bor.
Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
"Isroil bilan ayirboshlash bitimi doirasida quyidagi tirik garovga olinganlarni ozod qilishga qaror qilindi: Bar Kupershteyn, Evyatar David, Yosef-Xaim Oxana, Segev Kalfon, Avinatan Or, Elkana Buxbut, Maksim Xarkin, Nimrod Koen, Matan Sangauker, David Kunio, Eytan Xorn, Matan Angrest, Eytan Mor, Gali Berman, Ziv Berman, Omri Miran, Alon Oxel, Gay Gilboa-Dalal, Rom Braslavski, Ariel Kunio”, — deyiladi XAMASning harbiy qanoti Izziddin al-Qassam brigadasining Telegram’dagi kanalida chop etilgan bayonotda.