Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Joylarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Joylarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Ohangaron shahri bo‘limi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. xonadonida 1 835 dona “Regopen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini keyinchalik dorixonalarda yashirib sotish maqsadida “L-ARGININE” dori idishlariga qadoqlab qo‘yganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Konimex tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.SH. fuqaro X.P.ga 250 dona “Benzonal” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.S. fuqaro S.R.ga 10 dona “REGAPEN” va 10 dona “TROPIKAMID” nomli tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan dori vositalarini 5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:30 08.10.2025. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!