"G‘afur G‘ulom" bekatida sodir bo‘lgan hayotiy ahamiyatga ega voqea — metro bekatida chaqaloqning dunyoga kelishi — ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Toshkent metropoliteni rahbariyati ushbu unutilmas holat munosabati bilan onaga va tug‘ilgan farzandiga butun umr bepul metroidan foydalanish huquqini beruvchi maxsus kartani topshirishi rejalashtirilgan. Bu sovg‘a — metro xodimlari fidoyiligi va insonparvarligi timsoli bo‘lib, poytaxt metropoliteni tarixida alohida o‘rin tutadi.
Shuningdek, xizmat davomida ogohlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan navbatchi xodima — Naima Mahamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari Toshkent metropoliteni rahbariyati tomonidan rag‘batlantirilishi nazarda tutilgan.
Aytishimiz kerakki, bu voqea — insonparvarlik, mehr va mas’uliyat birlashgan daqiqaning yorqin isbotidir.