Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi "DTEK Energo" kompaniyasiga tegishli ko‘mir boyitish zavodiga hujum qildi.
Bu haqda kompaniya bayonotida aytilmoqda.
O‘qqa tutilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan, binoning ayrim qismlari vayron bo‘lgan, texnologik uskunalar shikastlangan. Navbatchi xodimlar boshpana oldi; qurbonlar bo‘lmagan.
Bu so‘nggi olti hafta ichida zavodga qilingan uchinchi yirik hujumdir: avvalgi hujumlar 26 avgust va 8 sentyabr kunlari bo‘lgan.
"Xodimlar hayotiga tahdid va front chizig‘i yaqinlashib kelayotgani sababli kompaniya mamlakat issiqlik elektr stansiyalarini ko‘mir bilan ta’minlovchi zavod faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ishlab chiqarish quvvati to‘xtatildi, xodimlar boshqa ob’ektlarga o‘tkazildi", — deyiladi xabarda.
Ayni paytda zavod faoliyati butunlay falajlangan, uskunalari yaroqsiz holatda.