Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Buxoroda 4,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qog‘oz ishlab chiqarish sexi qo‘lga tushdi

Buxoroda 4,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qog‘oz ishlab chiqarish sexi qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida "B. E." MCHJga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 4 milliard 524 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:10 06.10.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!