Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida davlat rahbari Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustaxkam sog‘liq, baxt-saodat hamda Tojikiston xalqiga farovonlik va izchil taraqqiyot tiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror rivojlanishini ta’minlash va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperasiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 12:58 05.10.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!