Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navbat Chikagoga: Tramp shaharga 300 nafar Milliy gvardiya askarini yubordi

Navbat Chikagoga: Tramp shaharga 300 nafar Milliy gvardiya askarini yubordi

AQSh prezidenti Donald Tramp Illinoys shtatining Chikago shahriga Milliy gvardiyaning 300 nafar askarini yuborishga ruxsat berdi. Bu haqda 4 oktyabr, shanba kuni Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Abigayl Jekson ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu federal xodimlar va mulkni himoya qilish uchun qilinmoqda. «Prezident Tramp Amerika shaharlarini vayron qilayotgan qonunsizlikka ko‘z yummaydi», dedi Jekson.

AFP ta’kidlaganidek, Tramp bir necha haftalik tahdidlardan so‘ng va mahalliy siyosatchilarning e’tirozlariga qaramay, shunday buyruq chiqargan.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem avvalroq X ijtimoiy platformasida Chikagodagi huquq-tartibot idoralari xodimlariga «o‘nta mashina, jumladan, yarim avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar hujum qilgani va ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygani» haqida ma’lum qilgandi.

Noemning so‘zlariga ko‘ra, u «vaziyatni nazorat qilish uchun» qo‘shimcha maxsus kuchlarni joylashtirmoqda. «Qo‘shimcha kuchlar yo‘lda», dedi vazir.

Kiritildi: 23:58 06.10.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!