Italiyalik mashhur sobiq himoyachi, "Oltin to‘p" sohibi Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasiga murabbiy bo‘lishga yaqinlashmoqda.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 52 yoshli mutaxassis hozirda vakillarimiz bilan chuqur muzokaralar olib bormoqda. Uning murabbiylar shtabija Sissio Troise yordamchi murabbiy, Eugenio Albarella esa jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida faoliya yuritadi.
Kannavaro 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘yinda milliy jamoamizda debyut qilishi kutilmoqda.