Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida poyezd relsdan chiqib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd relsdan chiqib ketdi

2025 yil 27 sentyabr soat 21:30 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Rasulobod” MFY Olmazor stansiyasi hududida “Jizzax–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan tovar poyezdining sut yog‘lari ortilgan 2 ta vagoni relsdan chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘q.

Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabarida.

Poyezd harakati to‘liq tiklangan.

Kiritildi: 12:00 28.09.2025. O'qildi: 11806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!