Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Vashingtondagi uchrashuvi tafsilotlarini oshkor qildi.
Bu haqda Oq uy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Bayonotda Netanyaxuning Qatar Bosh vaziri Muhammad Abdel Rahman Al-Tani bilan Tramp ishtirok etgan telefon orqali Dohaga uyushtirilgan raketa hujumi uchun Qatardan uzr so‘ragani tasdiqlandi.
Netanyaxu, shuningdek, Isroil XAMAS rahbariyatini nishonga olib, Qatar suverenitetini buzganidan afsusda ekanligini bildirdi va uning mamlakati kelajakda bunday hujumlar sodir etmasligini yana bir bor tasdiqladi.
Shuningdek, Qatar Bosh vaziri ushbu kafolatlarni olqishlagani, Doha mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka katta hissa qo‘shishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlagani qayd etilgan.
Tramp, o‘z navbatida, ko‘p yillik o‘zaro norozilik va tushunmovchiliklardan so‘ng Isroil-Qatar munosabatlarini yaxshilash istagini bildirdi.
"Netanyaxu va Al-Tani Trampning muvofiqlashtirish, muloqotni yaxshilash, o‘zaro noroziliklarni bartaraf etish va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha jamoaviy sa’y-harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha uch tomonlama mexanizm yaratish taklifini qabul qildi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.
Tomonlar AQShning G‘azodagi urushni tugatish va Yaqin Sharqda xavfsizlikni yaxshilash rejasini ham muhokama qildilar.