Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy G‘arbning Rossiyaga bosim o‘tkazish talablariga javob berdi

Xitoy G‘arbning Rossiyaga bosim o‘tkazish talablariga javob berdi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Guo Jiakun G‘arb siyosatchilarining Pekin Moskvaga bosim o‘tkazishi kerakligi haqidagi da’volariga javob qaytardi, deb xabar berdi CCTV.

“Aybni Xitoy zimmasiga yuklash Ukraina inqirozini hal qilishga yordam bermaydi. Uning ildizlari Yevropada xavfsizlik bo‘yicha uzoq yillik mintaqaviy qarama-qarshiliklarda yotadi. Faqat barcha tomonlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlarini inobatga olgan holda va Yevropada muvozanatli, barqaror xavfsizlik arxitekturasini yaratish orqali to‘g‘ri yo‘lni topish mumkin”, — dedi diplomat.

Guo Jiakun ta’kidlashicha, Xitoy Ukraina mojarosida doim xolis pozisiyani saqlab kelgan va muzokaralar orqali hal etishga faol yordam bergan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim kuchlar "jangarchilik tugashini istamaydi, aksincha uni kuchaytirayotgan va hatto undan foyda ko‘rayotgan holda harakat qilmoqda".

Kiritildi: 15:42 26.09.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!