Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Zaporojye shahriga katta hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Rossiya Zaporojye shahriga katta hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Ukrainaning Zaporojye viloyatida Rossiya qurolli kuchlarining hujumlari natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 3 nafari bola bo‘lgan 21 kishi tan jarohati oldi.

Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ivan Fyodorov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mintaqaga raketalar, havo hujumlari, artilleriya o‘qlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va ko‘plab raketa tizimlari zarbalari berilgan. Turar-joy binolari, yordamchi inshootlar, transport vositalari va infratuzilmaga zarar yetdi.

Kiritildi: 10:15 30.09.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!