Germaniya kansleri Fridrix Mersning fikricha, Germaniya Rossiya bilan ziddiyatda.
Mers bu haqda Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz allaqachon Rossiya bilan ziddiyat holatidamiz", dedi Germaniya hukumati rahbari.
Uning fikricha, bu holat Rossiyaning Germaniyaning katta qismini beqarorlashtirishi va ijtimoiy tarmoqlar orqali aralashuv amaliyotlarini o‘tkazishi bilan bog‘liq. Mersning ta’kidlashicha, razvedka agentliklari Rossiya tomonidan har kuni infratuzilmaga hujumlar va jamoatchilik fikriga ta’sir qilish haqida xabar berishadi. Mers, shuningdek, bir telejurnalist undan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya prezidentini Yevropaning "eshigidagi yirtqich" degan so‘zlariga izoh berishni so‘raganida, "u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni shunday ko‘radi", dedi.