Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda sudning qarori bilan fuqarolar uydan ko‘chirildi

Jizzaxda sudning qarori bilan fuqarolar uydan ko‘chirildi

Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko‘chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning javobgar N.A. va boshqalarni Jizzax shahridagi uydan majburiy tartibda chiqarish haqidagi ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Davlat ijrochisi majburiy ko‘chirish kuni va vaqti to‘g‘risida qarzdorga rasmiy ravishda ma’lum qilgan. Ko‘chirish kuni haqida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo‘lmasligi, ijro hujjatini ijro etishga to‘sqinlik qilmasligi to‘g‘risida oldindan ogohlantirilgan.
Ko‘chirish jarayoni xolislar, IIB, FVV, TTYo xizmati xodimlari hamda boshqa vakolatli shaxslarning ishtirokida, davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirildi.

Majburiy ijro yakunida mazkur uy qonuniy egasi N.A.ga topshirildi va davlat ijrochisi tomonidan dalolatnoma tuzilib, u barcha ishtirokchilar tomonidan imzolandi.

Kiritildi: 21:05 25.09.2025. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!