Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi yashirin konserva sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganlik holati fosh etildi

Toshkentdagi yashirin konserva sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro R.Q. Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFY hududidagi xonadonda tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan konserva mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 889,8 ming m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:45 25.09.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!