Hodisa Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi «Demursat» mahallasida sodir bo‘ldi. Sigir tasodifan uy egalari tomonidan qazib qo‘yilgan chuqurga tushib ketgan. Guvohlar zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilarini chaqirgan. Shundan so‘ng sigir maxsus jihozlar yordamida chuqurdan olib chiqilib, egalariga topshirildi.