Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida:
Kunduzgi ta’lim shakliga – 16 286 nafar
Kechki ta’lim shakliga – 657 nafar
Masofaviy ta’lim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Kunduzgi ta’lim shakliga – 987 nafar
Kechki ta’lim shakliga – 7 nafar
Masofaviy ta’lim shakliga – 4 nafar
Tanlov natijasi qaydnomalari 3 kun muddatda respublika oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
🔔 Shuningdek, magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplash bo‘yicha ariza berishning so‘ngi muddati:
📅 2025 yil 30-sentyabrga qadar uzaytirildi.