Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Nyu-Yorkda polisiya to‘sig‘i sababli harakatda qiynaldi. Bu haqda APA xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Makron BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaganidan so‘ng shaharda avtomobilda yurayotgan, ammo AQSh prezidenti Donald Tramp korteji tufayli ko‘chalar vaqtinchalik yopilgan.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan videoda Makronning Trampga qo‘ng‘iroq qilib, “Bilasizmi, men tashqarda kutyapman, chunki siz tufayli hamma yo‘l berkitilgan”, degani eshitiladi. Shundan so‘ng, Fransiya rahbarining avtomobili harakatini davom ettira olmagani va Makron piyoda yo‘lini davom ettirgani aks etgan.