Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Oltin narxi yil boshidan buyon 31 marta rekord narxni yangiladi

Oltin narxi yil boshidan buyon 31 marta rekord narxni yangiladi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,6 mln so‘mdan oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu jahon bozoridagi narxlar o‘sishi va AQSh FRS stavkasi pasayishi bilan bog‘liq holatdir.

23 sentyabr kuni 5 grammlik quyma 7 mln 609 ming so‘mga yetdi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 140 ming so‘mga ko‘pdir. Bir gramm oltin narxi esa 1 mln 521 ming 880 so‘m bo‘lib, bir kunda 1,9 foizga oshdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon ichki bozorda oltin narxi 31 marta rekord yangiladi. Joriy yil boshidan buyon narxlar 34,4 foizga, o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan esa 37,2 foizga ko‘tarilgan.

Jahon bozorida ham o‘sish sur’ati yuqori. Bir troy unsiya oltin 3747 dollar, ya’ni bir grammi 120,47 dollardan sotilmoqda. AQSh Federal rezerv tizimining foiz stavkalarini 4–4,25 foizga tushirishi qimmatbaho metallarga talabni kuchaytirdi.

O‘zbekistonda 2018 yildan buyon aholiga oltin tangalari sotila boshlangan bo‘lsa, 2020 yildan quymalar ham chiqarila boshladi. Ekspertlar fikricha, bu mexanizm aholiga yangi investisiya imkoniyatlari yaratib, jamg‘armalarni valyutaning ta’siridan himoya qiladi.

Kiritildi: 13:27 23.09.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!