AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Rossiya-Ukraina urushini tugatish tarafdori va unga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina inqiroziga yechim topilishini xohlaydi. Ishonamanki, u Rossiya-Ukraina urushi tugatilishini xohlaydi" - dedi Tramp.
AQSh prezidenti, shuningdek, Xitoy rahbari "bunga erishish uchun biz bilan hamkorlik qiladi" degan fikrni bildirdi.
Avvalroq Tramp Xitoy rahbari bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilganini aytgandi.