Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Evropa Ukrainadagi mojaroni davom ettirish uchun bor kuchini sarflamoqda"

"Evropa Ukrainadagi mojaroni davom ettirish uchun bor kuchini sarflamoqda"

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari mojaroni to‘xtatish emas, balki uni chigallashtirish yo‘lidan bormoqda. Bu haqda u "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Afsuski, bu yerda bir tomonda Kiyev rejimi, boshqa tomonda esa Yevropa davlatlari turibdi — ular barcha kuchlarini ishga solib, vaziyatni yanada keskinlashtirishga urinishmoqda”, – dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Donald Tramp hali-hanuz Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Moskva o‘z navbatida Vashingtondan va bevosita Trampdan bu yo‘nalishda amaliy qadamlar kutgani ma’lum bo‘ldi.

“Evropa urushni to‘xtatish emas, balki hatto Vladimir Zelenskiyni ham bu yo‘ldan qaytmaslikka undashmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham YEI va NATO Ukrainadagi tinchlik jarayonini barbod qilishga urinayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar va Kiyev rejimi AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlikparvar sa’y-harakatlaridan voz kechishga, Rossiya bilan ziddiyatga qaytishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 23:45 21.09.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!