Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada ikki kema to‘qnashib ketdi

Turkiyada ikki kema to‘qnashib ketdi

Istanbul (Turkiya) yaqinida Bosfor bo‘g‘ozida Panama bayrog‘i ostidagi yuk tashuvchi kema bilan dam olish kemasi to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida 12 kishi jarohatlangan.

Bu haqda Haber Global nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan 22:30 atrofida sodir bo‘lgan. Hech kim dengizga tushib ketmagan. Voqea joyiga tezyurar qutqaruv qayiqlari jo‘natildi, jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi.

Sohil xavfsizlik xizmati yuk tashuvchini zararni baholash uchun xavfsiz hududga olib chiqdi. Turkiya Transport va infratuzilma vazirligiga ko‘ra, atrof-muhit ifloslanishining oldi olindi.

Sohil xavfsizlik xizmati hodisa oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Kiritildi: 10:30 20.09.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!