Tramp ma’muriyati Tolibon bilan Afg‘onistondagi Bagram havo bazasida cheklangan Amerika harbiy mavjudligini tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari bazadan terrorizmga qarshi operasiyalarni o‘tkazish joyi sifatida foydalanmoqchi.
Muzokaralar dastlabki bosqichda, Amerika tomonida esa prezidentning garovga olinganlar bo‘yicha maxsus vakili Adam Beyler ularni boshqarmoqda.
Avvalroq Al Jazeera telekanali Tolibon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Zokir Jalolga tayanib, Kobul AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘onistondagi Bagram havo bazasini Amerika nazoratiga qaytarish niyatini rad etishini ma’lum qilgandi.