Estoniya NATO Nizomining 4-moddasiga asoslanib, ittifoqchilar bilan xavfsizlikka tahdid bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishni so‘rash niyatida.
Bu haqda Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
Uning aytishicha, 19 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti Estoniya havo hududini buzgan. NATO qiruvchi samolyotlari javob berdi va Rossiya samolyoti jo‘nab ketdi.
"Bunday qoidabuzarlik mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", dedi Mixal.
Avvalroq Rossiyaning uchta MiG-31 to‘xtatuvchisi Estoniya chegarasini buzib, mamlakat havo hududida 12 daqiqa bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Parvoz Boltiq dengizidagi Polshaning Petrobaltic neft platformasi ustida amalga oshirilgani xabar qilingandi.