BBC: Buyuk Britaniya maxfiy razvedka xizmati (MI-6) butun dunyoda, shu jumladan Rossiyada yangi agentlarni yollash uchun darknetda portal ishga tushiradi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portal Silent Courier deb nomlanib, 19 sentyabrdan ish boshlaydi. Ushbu platforma orqali Buyuk Britaniya maxsus xizmatlariga xalqaro terrorizm, xorijiy davlatlarning g‘arazli faoliyati va boshqa tahdidlar haqida ma’lumot berishni istagan shaxslar bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.
Silent Courier'ning ishga tushirilishi haqida bugun MI-6 rahbari Richard Mur rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) rossiyaliklar orasida agentlar yollash uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotgani haqida ma’lum bo‘lgan edi.