Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatning asosiy dushmani boshqa davlatlarga qaramlik ekanini aytdi. Bu haqda RBK o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Modining so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning o‘zini o‘zi ta’minlashi “yuz dardga davo”dir.
"Mamlakatning dunyoda jiddiy siyosiy dushmanlari yo‘q, ammo boshqa davlatlarga turli sohalar bo‘yicha qaramlik muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Agar Hindiston boshqalarga qaram bo‘lishda davom etsa, uning o‘ziga bo‘lgan hurmati buziladi", - dedi Modi.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Rossiya neftiga qaramligi jiddiy muammolarga sabab bo‘lmoqda. Tramp hokimiyatga kelgach, Hindistonga nisbatan katta tariflar joriy etdi.