Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada aholining atigi 37 foizini erkaklar tashkil etmoqda

Rossiyada aholining atigi 37 foizini erkaklar tashkil etmoqda

Rossiyada erkaklar ulushi keskin kamayib ketdi. Xususan, 2024 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, aholining 63 foizini ayollar, atigi 37 foizni esa erkaklar tashkil etmoqda. Bu haqda Civixplorer kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida e’lon qilindi (https://x.com/Civixplorer/status/1969372971828404439).

Tadqiqodga ko‘ra, Rossiyadan tashqari, ayollar soni erkaklardan ko‘proq bo‘lgan mamlakatlar sifatida AQSh (52,7 foizga 47,3 foiz), Braziliya (53,3 foizga 46,7 foiz), Bangladesh (53,8 foizga 46,2 foiz), Meksika (54,4 foizga 45,6 foiz), Yaponiya (55,5 foizga 44,5 foiz), Germaniya (52,3 foizga 47,7 foiz) va Tailand (55 foizga 45 foiz) keltirilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida Rossiyada pensiya yoshidagilari orasida ayollar erkaklarga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘pligi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 11:41 21.09.2025. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!