2015-yilda Turkiya havo hududini buzgan rossiyalik harbiy samolyotni atigi 17 soniyalik parvoz uchun urib tushirgan edi. Bundesver universiteti professori Karlo Masala BILD nashriga bergan intervyusida bu hodisani eslab shunday deydi: “Turkiya ko‘rsatdi: Rossiya samolyotlarini urib tushirish mumkin va ular bunga harbiy javob bermaydi.” Uning fikricha, NATO aynan shunday qat’iyatni namoish etishi kerak edi, toki Rossiya havo hududlariga umuman yaqinlashmasin.
Ammo yaqinda Rossiyaning MiG-31 qiravchilari Boltiqbo‘yi davlatlari yaqinida paydo bo‘lganiga qaramay, ular NATO tomonidan urib tushirilgani yo‘q. Buning bir necha sabablari bor.
Birinchi sabab — NATO Boltiq davlatlari ustida doimiy harbiy patrul olib borayotgani yo‘q. Ayni paytda u yerda faqat kuzatuv missiyasi amalga oshirilmoqda. NATO samolyotlari faqat radar orqali qandaydir shubhali harakat aniqlanganda havoga ko‘tariladi. Bu esa darhol, soniyalar ichida javob qaytarishni deyarli imkonisz qiladi. Professor Masalaning so‘zlariga ko‘ra, radar ekranda faqat qora nuqta ko‘rinadi va bu narsa fuqarolik yoki sport samolyoti bo‘lishi ham mumkin. Aloqa bo‘lmasa, NATO qiravchilari samolyotga yaqinlashib, undan hududni tark etishni talab qiladi.
Ikkinchi sabab — har qanday jangovor harakat, xususan, o‘q uzish uchun NATOga a’zo davlatlarning ruxsati zarur. Bu safar havoga ko‘tarilgan qiravchi samolyotlar Italiyaga tegishli edi, demak, ularga o‘q otishga ruxsat berilishi uchun Italiya hukumati yoki parlamenti avvaldan vakolat bergan bo‘lishi kerak edi. Estoniya razvedkasi sobiq rahbari Eerik-Niyles Kross bu borada shunday deydi: “Aniq dushmanona niyat ko‘rinmadi. Ammo bu kelajakda biz bu haqda jiddiy o‘ylamaymiz degani emas.”
Professor Masala esa bu hodisani Rossiya dronlarining Polsha ustida uchganidan ko‘ra jiddiyroq eskalasiya deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu NATO uchun yangi bosqichdagi tahdiddir va alyansning bu voqeaga qanday javob berishi yaqin kunlarda ayon bo‘ladi.
Umuman olganda, NATOning sust harakati, byurokratik cheklovlar va ehtiyotkorlik siyosati tufayli Rossiya samolyotlari bu safar urib tushirilmagan. Ammo bu holat kelgusida NATO siyosati qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelishi mumkin.