Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kiyevda qullikda saqlangan o‘zbekistonliklar ishi bo‘yicha Ukraina TIV va bosh prokuroriga notalar yuborildi

Kiyevda qullikda saqlangan o‘zbekistonliklar ishi bo‘yicha Ukraina TIV va bosh prokuroriga notalar yuborildi

O‘zbekistonning 13 nafar fuqarosi Kiyev viloyatida qullikda saqlangani to‘g‘risidagi xabar bo‘yicha vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari joyga tashrif buyurdi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda barcha fuqarolarning sog‘-salomatligi aniqlanib, ular tegishli tibbiy muolaja qilish uchun Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.

“Elchixona tomonidan fuqarolarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, o‘zbekistonliklarga tegishli konsullik va huquqiy yordamni amalga oshirish maqsadida Ukraina TIV va Bosh prokurori ofisiga tegishli notalar yuborildi. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda”, deyiladi elchixona xabarida.

Ta’kidlanishicha, elchixona O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda qonuniy huquqlarini tiklash borasida barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etmoqda.

Shuningdek, Ukrainada inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar kuzatilayotgani bois O‘zbekiston fuqarolariga o‘z xavfsizligini inobatga olgan holda ayni vaqtda mazkur mamlakatga tashriflarni rejalashtirmaslik tavsiya qilingan.

Kiritildi: 23:45 20.09.2025. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!