Argentinaning Kordova provinsiyasidagi aviasiya festivalida kichik samolyotning ikki uchuvchisi halokatga uchradi.
Bu haqda TN telekanali xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, eksperimental ikki o‘rindiqli akrobatik samolyot parvoz paytida to‘xtash rejimiga o‘tgan va qulagan. Samolyot yerga urilgandan so‘ng yonib ketdi.
Telekanal xabariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot festival dasturida qatnashmagan. Aviasiya ma’muriyati hodisa sabablarini o‘rganmoqda.