Pokistonning Panjob provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 97 kishi halok bo‘ldi va taxminan 2,4 million aholi evakuasiya qilindi.
Bu haqda mahalliy DAWN nashri xabar bermoqda.
"Toshqin natijasida 4,5 mingdan ortiq qishloqqa zarar yetdi. Shuningdek, 1,9 milliondan ortiq bosh qoramol evakuasiya qilindi. Suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda elektr energiyasi va mobil aloqa uzilgan. Oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazib berish uchun dronlardan foydalanilmoqda", deya yozmoqda nashr.
Pokiston Tabiiy ofatlar bilan kurash boshqarmasi (PDMA) ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi oxiridan buyon mamlakatda sodir bo‘lgan suv toshqinlari natijasida 950 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 1060 dan ziyod inson jarohat olgan, 8,4 mingdan ortiq uylar vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rgan.