"Nepalliklar mazkur masalada maslahat olish uchun ChatGPT sun’iy intellekt chat-botiga murojaat qilishdi. Neyron tarmoq to‘rtta nomzoddan iborat ro‘yxat tuzdi, ularning kuchli va zaif tomonlarini tahlil qildi va yakunda sobiq bosh sudya Sushila Karkini tavsiya etdi", deya yozmoqda nashr.
Sun’iy intellekt bahosiga ko‘ra, Karki mamlakatdagi turli guruhlarning ishonchini qozonishga va islohotlar o‘tkazishga qodir shaxs hisoblanadi.