Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni rekord darajaga yetdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni rekord darajaga yetdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni rekord darajaga yetdi — 99 763 nafar. Bu haqda BBC Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Dolgojitlar orasida ayollar mutlaq ko‘pchilikni — 88 foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda eng keksa yapon ayoli 114 yoshda, eng keksa erkak esa 111 yoshda.

Mazkur ma’lumotlar mamlakatda har yili 15 sentyabr kuni nishonlanadigan Qariyalar kuni munosabati bilan e’lon qilindi. Bu yil 100 yoshga to‘lgan 52 310 nafar fuqaroga bosh vazir nomidan tabriknoma va kumush chasha topshiriladi.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra:

  • 1963 yili Yaponiyada faqat 153 kishi 100 yoshdan katta edi.

  • 1981 yilda bu ko‘rsatkich 1 000 nafarga,

  • 1998 yilga kelib 10 000 nafarga yetgan.

Mutaxassislar bu natijalarni bir nechta omillar bilan izohlashmoqda:

  1. Yurak-qon tomir va onkologik kasalliklardan o‘lim darajasi pastligi;

  2. Rasional ovqatlanish: ko‘p miqdorda baliq va sabzavot, oz go‘sht iste’moli;

  3. Faol turmush tarzi: muntazam yurishlar, gimnastika;

  4. Shakar va tuz iste’molini kamaytirish — bu davlat dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kunda Yaponiya nafaqat uzoq umr ko‘ruvchi fuqarolar soni bo‘yicha yetakchi, balki sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha ham ko‘plab mamlakatlarga namuna bo‘lmoqda.

Kiritildi: 18:50 13.09.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!