Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Evrouchlik" tashqi ishlar vazirlari Isroilning Qatarga bergan zarbalarini qoraladi

"Evrouchlik" tashqi ishlar vazirlari Isroilning Qatarga bergan zarbalarini qoraladi

Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Isroil Mudofaa kuchlarining Qatar poytaxti Dohaga uyushtirgan zarbalarini qoraladi. Ular yahudiy davlatining harakatlari Yaqin Sharq mintaqasida avj olish xavfi tug‘diradi, degan xulosaga kelishdi.

"Biz Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Isroilning 9 sentyabr kuni Qatar suverenitetini buzuvchi va mintaqadagi vaziyatni yanada avj olish xavfini tug‘diruvchi Dohadagi zarbalarini qoralaymiz", — deyiladi Germaniya TIV saytida.

Vazirlarning fikricha, Isroilning harakatlari qolgan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektoridagi mojaroga chek qo‘yishni ta’minlaydigan tinchlik bitimiga tahdid soladi.

Tashqi ishlar vazirlari Qatar bilan birdamlik izhor qilib, tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga va tinchlikka erishish imkoniyatidan foydalanishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:15 13.09.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!