Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

FIFA terma jamoalar o‘yinlari taqvimini o‘zgartiradi

FIFA terma jamoalar o‘yinlari taqvimini o‘zgartiradi

2026 yildan Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun sentyabr va oktyabr tanaffuslarini birlashtirib, 16 kun davom etadi. Shu bilan birga, noyabr oyida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanaffus o‘zgarishsiz qoladi.

Bu haqda El Desmarque nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelasi yildagi terma jamoalar o‘yinlari uchun birinchi tanaffus 21 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar bo‘lishi kerak. Barcha terma jamoalar ikkita emas, to‘rtta o‘yin o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Noyabr oyidagi xalqaro tanaffus 2026 yilning 9-17 kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu vaqt ichida har bir jamoa ikkitadan o‘yin o‘tkazadi.

Ta’kidlanishicha, bunday umumiy tanaffus kelgusi besh yillik rejalarda tasdiqlangan.

Kiritildi: 11:00 13.09.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!