Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy AQSh va Buyuk Britaniyani provakasiyada ayblamoqda

Xitoy AQSh va Buyuk Britaniyani provakasiyada ayblamoqda

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozida AQSh va Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining provokasion harakatlarini aniqladi.

Bu haqda Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligining rasmiy vakili polkovnik Shi Yi ma’lum qildi.

Uning Xitoy harbiy hududining WeChat sahifasida xabar berishicha, Amerikaning USS Higgins esminesi va Britaniyaning HMS Richmond fregati juma kuni belgilangan suvlardan o‘tgan. Shi Yining so‘zlariga ko‘ra, bular “noqulaylik tug‘diruvchi provokasion harakatlar” edi.

Polkovnikning qo‘shimcha qilishicha, Sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligi ushbu kemalar harakatini kuzatish uchun dengiz va havo kuchlarini safarbar qilgan. Uning ta’kidlashicha, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi "vaziyatga samarali javob bergan".

"AQSh va Buyuk Britaniya Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazuvchi bunday harakatlari bilan Taypeydagi separatistik kuchlarga noto‘g‘ri signallar yubormoqda”, - dedi Shi Yi. U “milliy suverenitet va xavfsizlikni, mintaqada tinchlik va barqarorlikni qat’iy himoya qiladigan” Xitoy qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi oshganiga ishora qildi.

Kiritildi: 08:35 13.09.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!