Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksika prezidenti AQSh razvedka boshqarmasini yolg‘onchilikda aybladi

Meksika prezidenti AQSh razvedka boshqarmasini yolg‘onchilikda aybladi

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari mamlakatda narkotik kartellari rahbarlarini qo‘lga olish bo‘yicha Meksika armiyasi bilan qo‘shma operasiyalarda ishtirok etayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bu haqda Kaludiya Sheynbaum kundalik matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qilgan.

"Bu mutlaqo yolg‘on. Markaziy razvedka boshqarmasi agentlari Meksika armiyasi operasiyalarida qatnashayotgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", dedi u.

"Har doim aytganimizdek, Mexiko va Vashington o‘rtasida faqat AQSh agentliklarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha muvofiqlashtirish va hamkorlik mavjud. Bu ma’lumotlar xavfsizlik kabineti tuzilmalariga uzatiladi va tasdiqlangach, operasiyalar faqat mudofaa, dengiz floti, jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vazirliklari yoki prokuratura tomonidan amalga oshiriladi", deb tushuntirdi Meksika rahbari.

Kiritildi: 08:15 13.09.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!