Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp: "Kirkning qotilini qidirishda oldinga siljish bor"

Tramp: "Kirkning qotilini qidirishda oldinga siljish bor"

AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiylar amerikalik siyosiy faol Charli Kirkning qotilini topishda biroz muvaffaqiyatga erishganini aytdi.

Amerika yetakchisi Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Menimcha, taraqqiyot bor”, — dedi Tramp va Kirkning qotilini hayvon deb atagan. "Umid qilamanki, biz uni qo‘lga olamiz va u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lamiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Prezident, shuningdek, qotilning maqsadi haqida ba’zi fikrlari borligini aytdi.

“Menda g‘oyalar bor, lekin ular haqida keyinroq aytib beraman”, dedi Tramp bu haqdagi savolga javob berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 10 sentyabr kuni Yuta vodiysi universitetida amerikalik faol konservativ arbob, AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin safdoshi Charli Kirk ommaviy nutqi vaqtida bo‘yniga otib o‘ldirilgan edi.

O‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kampus binolaridan birining tomidan taxminan 180-200 metr masofadan otilgan. Kirk og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq u ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Otishma sodir etgan shaxsni qidirish davom etmoqda.

Kiritildi: 10:40 12.09.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!