Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natadi

Putin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 sentyabrda O‘zbekistonga yangi elchini tayinlashga doir hujjatni imzoladi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga endi 2017 yildan beri Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Aleksey Vladimirovich Yerxov rahbarlik qiladi.

Aleksey Yerxov 1960 yilda tug‘ilgan, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

1983 yildan beri diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. U ilgari Marokash (1983−1987 yillar), Misr (1990−1994 yillar), Isroil (1996−2000 yillar) elchixonalarida ishlagan.

2003−2006 yillarda Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi maslahatchi-vakili, 2009−2015 yillarda Rossiyaning Istanbuldagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.

2015−2017 yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vaziyat va inqiroz markazi departamenti direktori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi vazifasida ishlagan Oleg Malginov joriy yilning iyun oyida missiyasini yakunlagan edi.

Kiritildi: 18:44 05.09.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!