Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bosh Vazir iste’foga chiqish niyatida

Bosh Vazir iste’foga chiqish niyatida

Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba iste’foga chiqish niyatida.

Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u bu qarorni o‘zi yetakchilik qilayotgan hukmron Liberal-demokratik partiya bo‘linib ketmaslik uchun qilgan.

Dushanba kuni barcha amaldagi LDP deputatlari va hududiy partiya tashkilotlari vakillari o‘rtasida partiya raisiga muddatidan oldin saylov o‘tkazish masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari sarhisob qilinishi kerak edi. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng partiyadagi ko‘pchilik Isibaning iste’fosini talab qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!