Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Ukrainaga 11 soatlik eng yirik havo hujumini uyushturdi

Rossiya Ukrainaga 11 soatlik eng yirik havo hujumini uyushturdi

Kiyevdagi Vazirlar Mahkamasi binosi ilk bor zararlangan.

7 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari keng ko‘lamli urush boshlangandan buyon Ukrainaga qarshi eng yirik havo hujumini amalga oshirdi. Zarba oqibatida Kiyevdagi Vazirlar Mahkamasi binosiga ilk bor zarar yetdi.

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 6 sentyabr oqshomidan 7 sentyabr tongiga qadar Rossiya armiyasi tomonidan 818 ta havo zarbasi berilgan. Bu hujum tarkibiga 805 ta “Shahed” turidagi dron va turli imitatorlar, 9 ta “Iskander-K” qanotli raketaci hamda 4 ta “Iskander-M/KN-23” ballistik raketaci kiradi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari 751 ta nishonni – 747 ta uchuvchisiz uchoq va 4 ta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, 9 ta raketa va 56 ta dron nishoniga yetib, 37 ta ob’ektning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hujum 11 soatdan ortiq davom etgan.

Kiritildi: 18:12 07.09.2025. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!